O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining vaqtinchalik a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surdi
O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining 2035-2036 yillar uchun doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surdi. Bu haqda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Ulug‘bek Lapasov Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Foto: Getty images
21 fevral kuni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Ulug‘bek Lapasov Xitoy raisligida BMT Xavfsizlik kengashining ko‘p tomonlama va global boshqaruv institutlarini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
«Dunyo» axborot agentligining ma’lum qilishicha, unda O‘zbekistonning BMT bilan o‘zaro hamkorlikning eng ustuvor masalalari bo‘yicha rasmiy pozitsiyasi xalqaro hamjamiyatga yetkazilgan.
«O‘zbekistonning ko‘p qirrali, global boshqaruvni mustahkamlash va takomillashtirish tarafdori ekanligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik muhimligi va Afg‘onistonni iqtisodiy tiklashdan manfaatdor ekani qayd etildi.
Mamlakatimiz transmilliy tahdidlarga, jumladan, giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanishi, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda BMT bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligi tasdiqlandi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, a’zo davlatlar 2025 yil iyun oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning «Besh yil – 2030 yilgacha: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish» mavzusidagi davlat xizmatlari forumiga taklif qilingan.
Lapasov ma’ruzasida O‘zbekistonning global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash tarafdori ekanligiga urg‘u bergan. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimiz BMT Xavfsizlik kengashining 2035-2036 yillar uchun doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgani ma’lum qilindi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashi 15 ta a’zodan iborat bo‘lib, ularning 5 tasi doimiy, 10 tasi esa ikki yillik muddatga saylanadigan vaqtinchalik a’zolardir. Doimiy a’zolar — veto huquqiga ega, ular AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Xitoy. Bu davlatlar BMTga 1945 yildan doimiy a’zo hisoblanadi va har qanday qarorni rad etish huquqiga ega (veto huquqi).
Vaqtinchalik a’zolar ikki yillik muddatga, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan mintaqaviy kvotalar asosida saylanadi. Har yili 5 ta yangi davlat saylanib, 5 tasi o‘rnini bo‘shatadi.
Xavfsizlik Kengashi global mojarolarni hal qilish, sanksiyalar qo‘llash, tinchlikparvar missiyalarni yo‘naltirish kabi masalalarda muhim qarorlar qabul qiladi. Kengashning qarorlari majburiy hisoblanadi va barcha BMT a’zolari ularga rioya qilishlari kerak.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 11:53
-
Oq uy: Sumiga zarba - tinchlik zarurligi haqida eslatma
Jahon | 11:51
-
FVV qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirdi
Jamiyat | 11:45
-
“Patirxonam bo‘lishini orzu qilardim” – patirchi ayollar tumanidan reportaj
Jamiyat | 11:39
Mavzuga oid

11:58 / 09.04.2025
BMT 13 mingga yaqin ukrainalik tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

21:12 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi

19:02 / 04.04.2025
BMT: Sun’iy intellekt tufayli boy va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut o‘smoqda

18:57 / 02.04.2025