O‘zbekiston | 11:53 / 14.04.2025
4135
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili, Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilov «Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordenining «Ofitser» darajasi bilan taqdirlandi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili, davlat rahbari huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Abdulaziz Komilov «Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordeni ofitseri» (Ordine al Merito della Repubblica Italiana) mukofoti bilan taqdirlandi.

Bu haqda Italiya prezidenti bosh kotibiyatining Gazzetta Ufficiale hukumat gazetasining rasmiy saytida e’lon qilingan press-relizda ma’lum qilindi.

Ro‘yxatga Italiya va xorijiy davlatlardagi boshqa taniqli shaxslar ham kiritilgan.

Italiyaning Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordeni oliy davlat mukofoti bo‘lib, 1951 yil 3 martda ta’sis etilgan. U adabiyot, san’at, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat sohalarida millat oldidagi salmoqli xizmatlari uchun Italiya fuqarolari va xorijliklarni taqdirlashga mo‘ljallangan. Mukofot Italiya prezidenti tomonidan vazirlar kengashi raisining roziligi bilan odatda yiliga ikki marta: 2 iyun (Respublika tashkil topgan kun) va 27 dekabr (Konstitutsiya kuni)da beriladi.

Mavzuga oid