Jamiyat | 11:45 / 14.04.2025
9605
1 daqiqa o‘qiladi

FVV qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirdi

Qashqadaryoda FVV qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi.

Foto: FVV

Kecha, 13 aprel kuni soat 09:50 da Qashqadaryo viloyati FVBga Qarshi shahar «Mag‘zon» MFY Ziyolilar ko‘chasida joylashgan uylar birining ichki qismiga ilon kirib olgani va uy egalari yashash uyiga kira olmayotgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Murojaat bo‘yicha shahar FVB qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan.

Qutqaruvchilar tomonidan fuqaroning yashash uyiga kirib olgan 1 metrga yaqin bo‘lgan ilon ushlanib, tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Mavzuga oid