O‘zbekiston | 14:51 / 11.04.2025
1617
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi

Ma’lum bo‘lishicha, bolakay ota-onasi tomonidan uyda yolg‘iz qoldirilgan.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar FVBga Shayxontohur tumani Uch lola ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biridan uyning kirish eshigi qulflanib qolgani, ichkarida fuqaroning 1 yoshli farzandi borligi va zudlik bilan amaliy yordam kerakligi yuzasidan murojaat qilingan.

Mazkur xabarga asosan, tuman FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus anjomlar yordamida eshik ochib berilgan va fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bolakay ota-onasi tomonidan uyda yolg‘iz qoldirilgan.

FVV barcha ota-onalardan farzandlarini har qanday vaziyatda qarovsiz va nazoratsiz qoldirmaslikni so‘ragan.

Mavzuga oid