O‘zbekiston Rossiyada diaspora hisobidan migrantlar uchun maktab va bog‘chalar ochishni taklif qildi
Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida bolalarni bog‘cha va maktablarga joylashtirish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani aytilmoqda.

Foto: 24.kg
O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Qahramon Quronboyev Davlat Dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uchrashuvda O‘zbekistondan kelgan mehnat migrantlari farzandlari uchun Rossiyada xususiy bog‘cha va maktablar ochishga yordam berishni so‘radi. Uning g‘oyasiga ko‘ra, muassasalar vatandoshlar hisobidan qurilishi mumkin va Rossiya ta’lim dasturi asosida ishlashi kerak.
Qahramon Quronboyevning bunday so‘rovi Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida bolalarni bog‘cha va maktablarga joylashtirish bilan bog‘liq muammolar fonida yuzaga kelgan. Quronboyev, shuningdek, Rossiya hukumatiga Rossiyaga kelayotgan O‘zbekistonning yosh fuqarolari uchun migratsiya tartiblarini soddalashtirishni taklif qilgan.
Bundan tashqari, Quronboyev yoshlar parlamentlari va ikki mamlakat parlamentlarining ixtisoslashtirilgan komissiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va talabalar almashinuv dasturlarini, jumladan, qurilish brigadalarini tashkil etishni taklif qilgan.
Shuningdek, u O‘zbekiston iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida Rossiya tajribasini qo‘llashdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.
«O‘rta kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va uni O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha Rossiya tajribasini o‘rganishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz», deb qo‘shimcha qildi Quronboyev.
Qayd qilinishicha, hozir xorijda doimiy asosda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 2 million kishidan oshadi, ularning 60 foizdan ortig‘i Rossiyada mehnat qilmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda mehnat muhojirlari vataniga 20 milliard dollarga yaqin pul o‘tkazgan, ularning 80 foizdan ortig‘i Rossiyadan yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oldi olingan to‘ntarish, qayta tekshiriladigan GES va qimmatlagan go‘sht - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:20
-
Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
O‘zbekiston | 09:37
-
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
Sport | 09:20
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
Mavzuga oid

22:54 / 12.04.2025
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

18:34 / 12.04.2025
Ukraina ikkinchi F-16 qiruvchi samolyotini yo‘qotdi

13:58 / 12.04.2025
Estoniya Boltiq dengizida Rossiyaning «soyadagi floti» tankerini qo‘lga oldi

09:50 / 12.04.2025