Ukraina Rossiya hujumini kutib, kuchlarini Sumiga o‘tkazmoqda
Ukraina qo‘mondonligi Rossiya qurolli kuchlarining Sumi va Xarkiv viloyatlari chegaradosh hududlarida hujumlari kuchayishini kutmoqda va Chernihiv viloyati tomon oldinga siljish bo‘yicha urinishlarni istisno etmaydi, deya xabar beradi "RBK-Ukraina" manbalari.

Foto: Roman Pilipey/AFP/Getty Images
Ukraina qurolli kuchlari bahor oxiri — yoz boshida Rossiyaning frontning aksariyat hududlarida hujumi kuchayishiga tayyorlanmoqda. Bu haqda 11 aprel, juma kuni Ukraina harbiy-siyosiy doiralaridagi manbalarga tayanib, "RBK-Ukraina" xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi kutganidek, ehtimoliy hujumning asosiy hududlari Sumi va Xarkiv viloyatlarining chegara hududlari bo‘ladi. Rossiya qo‘shinlarining Chernihiv viloyati tomon harakat qilishga urinishlarini inkor etib bo‘lmaydi, garchi bu ssenariy «noqulay geografik sharoitlar» tufayli mumkin emas deb hisoblanyapti.
Manbalarga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari bir necha haftadan beri Sumi viloyatida hujum amaliyotlarini o‘tkazib, Ukraina qo‘shinlarini Kursk viloyati chegara hududlaridan siqib chiqarishga va bufer deb ataladigan hududni shakllantirishga harakat qilmoqda. Ruslarning bevosita nishoni Sumi viloyatidagi Loknya qishlog‘i ekani aytiladi. Shu bois Ukraina qo‘shinlari bu hududda faol ravishda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda va u yerga qo‘shimcha kuchlar yubormoqda.
Biroq, manbalarga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari «ruslar tomonidan turli xil harakatlar variantlariga tayyorlanayotgani» hisobga olinsa, Sumi shahrini qamal qilish ehtimoli past.
Mavzuga oid

22:54 / 12.04.2025
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

18:34 / 12.04.2025
Ukraina ikkinchi F-16 qiruvchi samolyotini yo‘qotdi

13:58 / 12.04.2025
Estoniya Boltiq dengizida Rossiyaning «soyadagi floti» tankerini qo‘lga oldi

12:56 / 12.04.2025