O‘zbekiston | 09:37 / 13.04.2025
24204
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

FVV qo‘shni mamlakatdagi zilzila episentrida sezilish kuchi 7 ballni tashkil etganini xabar qilmoqda. O‘zbekistonning turli hududlarida 2-3 ballik zilzila qayd etilgan.

13 aprel kuni soat 9:24 da Tojikiston hududida 5,8 magnitudali yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Tog‘li Badaxshon viloyatida, 10 km chuqurlikda joylashgan.

O‘zbekiston FVV qo‘shni mamlakatdagi zilzila episentrida sezilish kuchi 7 ball bo‘lganini xabar qilmoqda

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida 2-3 ballik zilzila sezilgan.

  • Farg‘ona viloyatida 3 ball, 164 km (episentrgacha masofa).
  • Namangan viloyatida 2-3 ball, 220 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 222 km.
  • Andijon viloyatida 2-3 ball, 227 km.
  • Jizzax viloyatida 2 ball, 266 km.
  • Toshkent shahrida 2 ball, 266 km.
  • Samarqand viloyatida 2 ball, 327 km.
  • Surxondaryo viloyatida 2 ball, 367 km.

Mavzuga oid