O‘zbekiston | 07:38 / 14.09.2023
4811
2 daqiqa o‘qiladi

Mahkum tomonidan bajariladigan har qanday ish stajga qo‘shiladigan mehnat faoliyati turiga kiritiladi

Bunda,  ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lishi kerak.

Foto: Kun.uz

Qonunchilik palatasi kengashida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, ularning pensiya ta’minotini takomillashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Qonun loyihasiga asosan “Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamsitishning oldini olishga qaratilgan. Amaldagi normalarga ko‘ra, ijara munosabatida ishtirok etgan shaxs, ya’ni ishtirokchi nogiron bo‘lib qolganda ijara shartnoma muddati to‘xtatilar edi. Hozirda bu normani chiqarish taklif etilmoqda. 

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga ham o‘zgartishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa, ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlariga kiritiladi. 

Mazkur qonun loyihasiga mas’ul bo‘lgan Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasiga qonun loyihasi yuzasidan siyosiy partiyalarning fraksiyalari xulosalarini olish hamda uni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun kiritish vazifasi yuklatildi.

Mavzuga oid