O‘zbekiston ShHT bo‘yicha sheriklarga Samarqand birdamligi tashabbusini taqdim etadi
Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari kengashi tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng kengaytirilgan tartibdagi majlis bo‘lib o‘tyapti. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Samarqand – biz ShHTni tuzishda asos qilib olgan bag‘rikenglik va turli xalqlarning an’ana va qadriyatlariga hurmat tamoyillari asrlar davomida hayotga tatbiq etilgan jonli namunadir”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Hozirgi kunda geosiyosiy raqobat, mafkuraviy ziddiyat va bahslardan xoli bo‘lgan bunday muloqot favqulodda zarurligi bois O‘zbekiston sheriklarga umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lidagi Samarqand birdamligi tashabbusini taqdim etadi.
Bu tashabbus maqsadi – umumiy kelajakka befarq bo‘lmagan, ixtiloflarga qaramasdan kelishilgan yondashuvlar va qarorlarni izlashga tayyor, "Samarqand ruhi" tamoyillariga hamfikr bo‘lganlar barchasini global sivilizatsiyalararo muloqotga jalb qilish.
Uning amaliy ijrosiga doir masalalarni siyosiy yetakchilar, jamoatchilik, ishbilarmonlar, akademik va ekspert doiralari nufuzli vakillari ishtirokida kelgusi yili Samarqand xalqaro forumida birgalikda ko‘rib chiqish taklif etildi.
Davlat rahbari so‘zi yakunida O‘zbekiston raisligidagi maqsadlarga erishishda faol ko‘mak uchun hamkasblariga minnatdorlik bildirdi.
“Ishonchim komilki, bugun qabul qilinayotgan hujjatlar va qarorlar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz taraqqiyoti hamda farovonligi yo‘lida mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Shanhay hamkorlik tashkiloti yanada izchil rivojlanishiga hamda tashkilotimiz nufuzining yuksalishiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi”, dedi prezident.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oldi olingan to‘ntarish, qayta tekshiriladigan GES va qimmatlagan go‘sht - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:20
-
Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
O‘zbekiston | 09:37
-
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
Sport | 09:20
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
Mavzuga oid

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025
Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

18:50 / 05.04.2025