«Samarqand – kuchliroq jamoaga munosib». Abramov «Dinamo»ni qanday qilib Superligada olib qolmoqchi?
Superliga 15-turidan oldin «Dinamo» jamoasi qoniqarsiz natijalar sababli joriy mavsumda uchinchi marta yangi bosh murabbiyini tayinladi. Bu safar taniqli mutaxassis Vadim Abramov Samarqand klubida ish boshladi. O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq ustozining Superligada qolish uchun kurashayotgan jamoa bosh murabbiyiga aylanishi kutilmagan voqea bo‘ldi. Kun.uz va Tribuna.uz muxbirlari «Dinamo»ning «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yini oldidan Vadim Karlenovich bilan suhbatlashdi.
- «Dinamo» oxirgi turda mag‘lub bo‘lgach, avvalgi murabbiy iste’foga chiqarildi va jamoaga yordam berish uchun meni taklif qilishdi. Keldim, ko‘rishib gaplashdik va taklifni qabul qildim. Asosiy vazifam – jamoani hozirgi turnir jadvalidagi jarlikdan olib chiqish.
Chempionatda 12ta tur qoldi va endi har bir uchrashuv oltinga teng bo‘ladi. Darhol katta o‘zgarish qilishning imkoni bo‘lmaydi, chunki men kecha keldim va bugun ilk mashg‘ulotni o‘tkazib, «So‘g‘diyona»ga qarshi jamoani boshlab tushaman. Umid qilamanki, yigitlar mas’uliyatni his qilib, maydonga tushishadi.
Jamoa bilan tanishishga ulgurdim. Tarkibdagi aksariyat o‘yinchilarni avvaldan bilardim. Tarkib borasida hali aniq fikr bildirishim qiyin, hozir bungacha ishlagan yordamchi murabbiylar fikriga tayanaman. Chunki hamma o‘yinchilarni hali uncha yaxshi bilmayman. Nomlar futbol o‘ynamaydi, har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak.

O‘zbekiston milliy jamoasidan keyin hozircha autsayder bo‘lib turgan jamoaga kelgan bo‘lsam-da, futboldagi qarashim o‘zgarmaydi. Qayerda ishlasang ham, qo‘l ostingdagi bor masalliqdan nimadir tayyorlashga intilasan. Men ham qo‘l ostimdagi bor tarkibdagi o‘yinchilarning kuchli jihatlaridan foydalanishimga to‘g‘ri keladi. Futbolda boshqa narsani o‘ylab topish qiyin.
«So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yin qiyin o‘tishini tushunib turibman. Chunki, Samarqand va Jizzax o‘rtasidagi o‘yinlar derbiga mos o‘tishini bilaman. Raqibdan qo‘rqmay maydonga tushib, faqat g‘alaba uchun o‘ynash kerak.
Jamoani olib qolishga ishonchim qay darajada? Oldinda 12ta tur bor. Barcha o‘yinga maydonga tushib, jang qilishga to‘g‘ri keladi. Hech kim ochkoni shunchaki berib qo‘ymaydi. Jamoaning hozirgacha eng kam gol urgani va eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgani men uchun jumboq bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, klubni elitada olib qolish uchun bor tajribamni ishga solaman.

Fikrimcha, bu shahar hozirgidan kuchliroq va jiddiyroq jamoaga munosib. Ammo negadir «Dinamo» har doim ligaga chiqqanida ham, tushib ketmoqda. Aslida esa bu yerdagi futbol atmosferasi, muxlislar ko‘prog‘iga loyiq. Bu stadionda o‘zim ham futbol o‘ynaganman, jamoalarim to‘p surgan, muxlislik qay darajada bo‘lishi haqida yaxshi tasavvurga egaman. «Dinamo» g‘alaba qozonib tursa, Samarqanddagi stadion muxlislar bilan to‘lishiga shubham yo‘q», - deydi «Dinamo» yangi bosh murabbiyi Vadim Abramov.
To‘liq intervyuni Tribuna.uz saytining YouTube’dagi kanalida tomosha qiling.
Usmon Ibodov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
O‘zbekiston | 09:37
-
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
Sport | 09:20
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
Mavzuga oid

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025
Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

18:50 / 05.04.2025