Makkada o‘tkazilgan 38-Xalqaro Qur'oni karim musobaqasida ikki nafar O‘zbekiston vakili ishtirok etdi

Foto: muslim.uz
Joriy yilning 18–24 oktabr kunlari Qur'oni karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish bo‘yicha Saudiya Arabistonining Makka shahrida o‘tkazilgan 38-Xalqaro Qur'oni karim musobaqasida ikki nafar vakilimiz – Toshkent islom instituti talabasi Muzaffarxonov Abdulloxon va Sayid Muhiddin Mahdum o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Abduhalimov A'zamjon ishtirok etib qaytishdi. Bu haqda Muslim.uz sayti xabar bermoqda.
Mazkur musobaqada dunyodagi 50 dan ortiq davlatdan yetuk Qur'on hofizlari ishtirok etib, ular orasida vakillarimiz Qur'oni karimning to‘liq 30 porasini va 15 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish yo‘nalishida qatnashdi.
Musobaqa 4 yo‘nalishda o‘tkazilib, unda yuqori uch o‘rinni qo‘lga kiritgan qorilarga sovrinli mukofotlar topshirildi. Qur'oni karimni to‘liq 30 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish bilan birga 30 poraning lug‘aviy ma'nolarini bilish yo‘nalishida 1-o‘rinni Saudiya Arabistoni, 2-o‘rinni Sudan, 3-o‘rinni Marokash qorilari egalladi. Qur'oni karimning 30 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish yo‘nalishida 1-o‘rinni Falastin, 2-o‘rinni Liviya, 3-o‘rinni Saudiya Arabistoni davlatlari qorilari egalladi.
Qur'oni karimning 15 porasini yoddan o‘qib berish yo‘nalishida 1-o‘rinni Liviya, 2-o‘rinni Bahrayn, 3-o‘rinni Kamerun qorilari egalladi.
Vakillarimizga ishtiroki to‘g‘risidagi tashakkurnoma yorlig‘i taqdim etildi. Ishtirokchi qorilar uchun musobaqa tashkiliy hay'ati tomonidan Makkai mukarrama va
Madinai munavvara shaharlaridagi muqaddas qadamjolarga ziyorat uyushtirildi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar sun’iy intellektni imo-ishoralarni tanishga o‘rgatdi
Fan-texnika | 01:09
-
Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston BAAni mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l oldi
Sport | 00:18
-
Tramp kosmik tadqiqotlar budjetini ikki barobarga qisqartirishga qaror qildi
Jahon | 23:45 / 13.04.2025
-
NYT: Mask departamenti AQSh budjeti xarajatlarini qisqartirishdagi o‘z muvaffaqiyatini oshirib ko‘rsatmoqda
Jahon | 23:25 / 13.04.2025
Mavzuga oid

14:19 / 05.12.2023
“Yil imomi – 2023” ko‘rik tanlovi g‘olibiga Haj safari yo‘llanmasi berildi

14:33 / 08.07.2023
Shvetsiya hukumati Qur’onni yoqishni taqiqlashi mumkin

13:30 / 05.07.2023
Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi

12:52 / 28.04.2022