Saudiya Arabistonida terrorchilikda ayblangan 37 fuqaro qatl etildi

Foto: EADaily
Saudiya Arabistonida terrorchilikda aybdor deb topilgan 37 kishi qatl etildi. Bu haqda EuroNews telekanali xabar berdi.
Qatl etilganlar ekstremistik g‘oyalarga amal qilish, terrorchilik bo‘linmalarini tashkil etish va dinlararo adovatni qo‘zg‘ashda aybdor deb topilganlar. Qatllar 23 aprelda Ar-Riyod, Madina, Makka va mamlakatning boshqa shaharlarida ijro etilgan.
“Ekstremist terrorchilar g‘oyalarini qabul qilish, korrupsiya va xavfsizlikka putur yetkazish hamda xaos va dinlararo adovatni qo‘zg‘ash maqsadida terrorchilik bo‘linmalarini shakllantirishda aybdor deb topilgan bir qator ayblanuvchilarga o‘lim jazosi qo‘llandi”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Mavzuga oid

08:45
2025 yilgi Haj mavsumida o‘zbekistonliklar uchun munosib sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi

21:18 / 14.04.2025
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi

10:00 / 14.04.2025
AQSh energetika vaziri neft arzonlashishini va’da qildi

03:47 / 26.03.2025