Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi
Endi ularni deportatsiya, jarima va 10 yil davomida mamlakatga kirishining taqiqlanishi kabi jazo choralari kutmoqda.

Foto: Hajj.ir
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi Haj marosimlari boshlanishi arafasida «Ruxsatsiz hajga yo‘l qo‘ymaslik» kampaniyasi doirasida Haj qoidalarini buzgan 75 mingdan ortiq kishini hibsga oldi.
Jamoat xavfsizligi bosh direktori, general-leytenant Muhammad al-Bassamiy Makkaga kirish uchun haqiqiy ruxsatnomaga (Haj vizasi) ega bo‘lmagan 269 mingdan ortiq kishi orqaga qaytarilganini va qariyb 76 ming qoidabuzar hibsga olinganini tasdiqladi. Endi ularni deportatsiya, jarima va 10 yil davomida mamlakatga kirishining taqiqlanishi kabi jazo choralari kutmoqda.
Al-Bassamiy so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, 252 ta soxta Haj shirkati, 1239 ta qoidabuzar tashuvchi aniqlangan, qariyb 110 mingga yaqin transport vositasi talabga javob bermasligi tufayli Makkaga kiritilmagan.
Muqaddas qadamjolar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha texnik va insoniy imkoniyatlar, jumladan dronlar, kuzatuv kameralari, sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish kabi imkoniyatlar ishga tushirilganini ta’kidlab, «kim xavfsizlikni yoki ko‘rsatmalarni buzishga harakat qilsa, unga shafqatsiz qat’iy choralar ko‘riladi», dedi u.
Pasport xizmatlari bosh direktori vazifasini bajaruvchi general-mayor Solih Al-Murabba 1 iyun holatiga qirollikka kelgan ziyoratchilar soni 1 mln 475 ming 230 nafarga yetganini ma’lum qildi.
Islomiy ishlar, da’vat va hidoyat vazirligi Haj va Umra vazirligi ziyoratchilarni muqaddas qadamjolarda havo harorati yuqori bo‘lishidan ogohlantirib, zarur tartib va qoidalarga rioya qilishga chaqirdi.
Shuningdek, tasdiqlangan ziyorat jadvallariga rioya qilish, muqaddas qadamjolar orasidan sayr qilmaslik va buning o‘rniga rasmiy transport vositalaridan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Vazirlik haj xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar mehmonlar xavfsizligini ta’minlash va Haj ziyoratini bemalol bajarishi uchun barcha ko‘rsatmalarga rioya qilish muhimligi haqida xabardor etishi zarurligini ta’kidladi.
Mavzuga oid

20:31 / 31.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

16:20 / 26.05.2025
«Samolyotga chiqishi bilan uyquga ketgan va uyg‘onmagan» – Madinada vafot etgan o‘zbekistonlik imom haqida ma’lumot berildi

10:59 / 26.05.2025