AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Davlat departamenti cheklov o‘rnatilgan davlatlarni uch toifaga bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Foto: New York Times
AQSh hukumati 43 mamlakat fuqarolari, jumladan, rossiyaliklar va belaruslar uchun kirish qoidalarini o‘zgartirish niyatida, deb xabar berdi The New York Times (NYT). Davlat departamenti bu davlatlarni uch toifaga bo‘lishni rejalashtirmoqda.
NYT manbalariga ko‘ra, 11 davlat fuqarolarining Qo‘shma Shtatlarga kirishi butunlay taqiqlanadi. Ular orasida Afg‘oniston, Butan, Venesuela, Kuba, Eron, Liviya, KXDR, Somali, Sudan, Suriya va Yaman bor.
Ikkinchi toifaga Rossiya, Belarus, Eritreya, Haiti, Laos, Myanma, Pokiston, Serra-Leone, Janubiy Sudan va Turkmaniston kiradi. Bu mamlakatlardan faqat badavlat tadbirkorlarga AQShga kirishga ruxsat beriladi, turistlar va immigrantlar kiritilmaydi.
Uchinchi guruh vaqtinchalik bo‘lib, ularga immigratsiya masalalaridagi kamchiliklarni tuzatish sharti qo‘yiladi. Shundan so‘ng ular birinchi yoki ikkinchi toifaga tayinlanadi. Vaqtinchalik ro‘yxatga Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Burkina-Faso, Kamboja, Kamerun, Kabo-Verde, Chad, Kongo Demokratik Respublikasi, Dominika, Ekvator Gvineyasi, Gambiya, Liberiya, Malavi, Mali, Mavritaniya, Sent-Kits va Neviss, Vanuatu va Zimbabve kabi davlatlar kiradi.
AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatlarni immigratsiya toifalariga ajratish niyati o‘tgan haftada ma’lum bo‘lgan edi. Endi ularning to‘liq ro‘yxati e’lon qilindi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Radar ovlovchi» – Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi
O‘zbekiston | 20:14
-
Ukraina prezidenti ofisidagilar ayollarni ham armiyaga majburiy jalb etish taklifi bilan chiqdi
Jahon | 20:13
-
Xitoy uzluksiz 30 soatgacha parvoz qilishga qodir dronni taqdim etdi
Fan-texnika | 20:00
-
Isroil aviazarbasi G‘azo shahridagi oxirgi shifoxonaning bir qismini vayron qildi
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

17:24
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?

17:17
Tramp yil davomida 1 mln migrantni AQShdan deporatatsiya qilishni rejalashtirmoqda - WP

14:00
WSJ: Eron AQSh bilan muzokaralarda yadroviy dasturini cheklash evaziga sanksiyalar yumshatilishini talab qildi

23:51 / 12.04.2025