Tramp yil davomida 1 mln migrantni AQShdan deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - WP
Hozirda AQSh ma’muriyati dunyoning 30 ta davlati bilan o‘z fuqarolari bo‘lmagan migrantlarni ushbu mamlakatlarga deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib boryapti.

Foto: Danielle Villasana/For The Washington Post
AQSh prezidenti Donald Tramp 2025 yil davomida mamlakatda 1 million migrantni deportatsiya qilish niyatida. Bu haqda The Washington Post amaldagi va sobiq to‘rt nafar federal amaldorga tayanib xabar berdi.
Nashr suhbatdoshlarining hisoblashicha, ushbu raqamlar Barak Obama prezidentligi davrida deportatsiya qilingan rekord ko‘rsatkichdan 400 mingga oshib ketishi mumkin. Shu bilan birga, Trampning maqsadi moliyalashtirish va kadrlar ta’minoti darajasi tufayli norealistik ko‘rinishga ega. Shuningdek, ko‘plab migrantlarda mamlakatdan chiqarib yuborilishdan oldin sud eshituvlarida qatnashish huquqi mavjud.
WP manbalari so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi strategiyani ishlab chiqish bilan Oq uy ma’muriyati rahbarining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stivin Miller Ichki xavfsizlik vazirligi va boshqa federal idoralar bilan birga shug‘ullanmoqda. Ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri — allaqachon qaytarib yuborilishi kerak bo‘lgan, ammo o‘z vatanlariga kirishiga ruxsat berilmagan 1,4 million migrantning bir qismini deportatsiya qilishdir.
Ikki amaldorning nashrga ma’lum qilishicha, Amerika ma’muriyati dunyoning 30 ta davlati bilan o‘z fuqarolari bo‘lmagan migrantlarni ushbu mamlakatga deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Gap minglab migrantlar to‘g‘risida ketmoqda.
Ta’kidlanishicha, Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan beri ma’muriyat deporatsiya qilinganlar soniga oid statistikani e’lon qilmay qo‘ygan. Shu bilan birga, Ichki xavfsizlik vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, yil boshida beri mamlakatdan 117 ming kishi chiqarib yuborilgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati sud qaroriga qaramasdan mamlakatni tark etmagan migrantlarga nisbatan keng qamrovli jarima siyosatini amalga oshirmoqchi ekani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

07:34
YeI AQSh tariflariga qarshi javob choralarini qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi

00:35
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi

22:15 / 14.04.2025
AQShga safar qilgan YeI rasmiylari bir martalik telefondan foydalanadi

21:18 / 14.04.2025