Toshkent - Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha tender o‘tkaziladi
Loyihaning 1-bosqichi umumiy uzunligi 171 kilometrni tashkil etib, Toshkentdan Angrengacha bo‘lgan avtomobil yo‘li va Qamchiq dovonini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.

Foto: Kun.uz
Transport vazirligi Toshkent—Andijon pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish loyihasi birinchi bosqichi bo‘yicha tender o‘tkazilishini e’lon qildi.
Tender Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ishtirokida tashkillashtiriladi. Jahon banki ko‘magida Arup and Partner’s (Buyuk Britaniya), PWC (O‘zbekiston) va CMS Cameron (Buyuk Britaniya) konsultantlar konsorsiumi hukumat tomonidan xususiy sherikni tanlashga yordam berish uchun loyihaning maslahatchisi sifatida jalb qilingan.
Loyihaning 1-bosqichi umumiy uzunligi 171 kilometrni tashkil etib, Toshkentdan Angrengacha bo‘lgan avtomobil yo‘li va Qamchiq dovonini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Loyiha konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025 yil 21 yanvarda tasdiqlandi.
Tender ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda xususiy kompaniyalar dastlabki malakalashdan o‘tish uchun hujjatlarini topshiradi. Ikkinchi bosqichda dastlabki saralashdan o‘tgan kompaniyalar loyiha bo‘yicha texnik va moliyaviy takliflarini taqdim etadi. Tenderda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi bilan uzoq muddatli DXSh bitimi imzolanadi.
Mavzuga oid

21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

17:40 / 24.04.2025
Andijonda zilzila yuz berdi

09:04 / 18.04.2025