Andijonda zilzila yuz berdi
Zilzila kuchi 2-3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi episentri Marhamat tumanida joylashgan.

Foto: Shutterstock
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 24 aprel kuni soat 17:22 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Yer silkinishi episentri Toshkentdan 267 kilometr janubiy-sharqda, Andijon viloyati Marhamat tumanida joylashgan. Chuqurlik 10 kilometr. Episentrda sezilish kuchi: 3 ball
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Marhamat tumanida 3 ball,
- Asaka tumanida 2 ball,
- Buloqboshi tumanida 2 ball,
- Shahrixon tumanida 2 ball,
- Quva tumanida 2 ball.
Mavzuga oid

17:25 / 24.04.2025
Istanbuldagi zilzilada kuchli qo‘rquv tufayli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

21:05 / 23.04.2025
Erdo‘g‘an: AFAD va SSV bo‘linmalari jangovar shay holatga keltirildi

18:48 / 23.04.2025
Istanbul yaqinidagi zilzila. 150 dan ortiq kishi jarohatlangan

09:04 / 18.04.2025