Xalqaro ekspertlar yordamida kelgusi besh yil uchun uy-joy siyosati strategiyasi ishlab chiqiladi
Qurilishda «eskrou» tizimi joriy qilinadi. Obekt muddatida topshirilmasa, quruvchi yer solig‘ini 2 karra miqdorda to‘laydi. Banklarning xorijdan jalb qilingan mablag‘idan 310 million dollar quruvchilarga aylanma uchun beriladi.

Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda qayd qilinishicha, qurilish sohasida «eskrou» tizimi joriy qilinadi. Bu tizim developerlarga hozirgidan pastroq stavkada mablag‘ jalb qilish imkonini beradi. Muhimi, developerlarni moliyalashtirish uy qurish bilan birga boshlanadi va davom etadi.
Fuqarolar esa qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish hamda uy bitmasdan turib ham boshqa odamga sotish imkoniga ega bo‘ladi. Bu bilan uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, developerlar tomonidan obektning 50 foizi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tartib nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi.
Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Obekt muddatida topshirilmasa, developer yer solig‘ini 2 karra miqdorda to‘laydi.
Mutasaddilarga xalqaro ekspertlarni jalb qilib, kelgusi besh yil uchun uy-joy siyosati strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.
O‘tkazilgan muloqotlarda developerlarning ko‘pchiligi yer olish, kredit, qurilishga ruxsat, infratuzilma, foydalanishga topshirish, uylarni sotish bilan bog‘liq masalalarni ko‘targan.
Misol uchun, o‘tgan yili 5 ming xonadonli 150 ta ko‘p qavatli uy aylanma mablag‘ yetmagani uchun bitmay qolgan. Bu borada banklarning xorijdan jalb qilingan mablag‘dan 310 million dollarni quruvchilarga aylanma uchun berish taklifi ma’qullandi.
18 ming xonadon gazda individual isitiladigan qilib qurilgani uchun foydalanishga qabul qilinmay turibdi. Mutasaddilarga ishchi guruhi tuzib, har bir holatni o‘rganib, masalaning yechimi bo‘yicha Hukumatga taklif kiritish topshirildi.
Bu yil 135 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni markazlashgan holda isitiladigan, ovqat pishirish esa elektr plitasi orqali bo‘ladigan qilib qurish zarurligi qayd etildi.
Markaziy va ichki ko‘chalarni yoritishda isrofgarchilikni qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
Hududlarda liftlarni qabul qilish 2-3 oyga cho‘zilayotgani sababli har bir viloyatda kamida 2 tadan brigada tashkil qilish, 20 nafardan aholini liftlarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga o‘qitish vazifasi qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
Jamiyat | 09:54
-
Mers Kiyevga TAURUS yetkazib berilishini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:50
-
9 ta xonadon uchun transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:17
-
Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi
Jahon | 08:57
Mavzuga oid

17:16 / 10.04.2025
Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlandi

16:36 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi

16:04 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi

16:37 / 09.04.2025