Iqtisodiyot | 17:16 / 10.04.2025
2343
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlandi

Budjet taqchilligini qisqartirib borish, budjet ochiqligini ta’minlash, soliq ma’murchiligini yaxshilash va boshqalar strategiyaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Hukumat qarori bilan «2025-2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi» tasdiqlandi.

Davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tizimlashtirish, budjet barqarorligini ta’minlash va intizomini kuchaytirish orqali budjet taqchilligini qisqartirib borish, budjet ochiqligini ta’minlash, soliq ma’murchiligini yaxshilash va uning samaradorligini yanada oshirish, budjet xarajatlari natijadorligiga erishish, davlat qarzini makroiqtisodiy xavfsiz darajada ushlab turish va Davlat budjeti likvidliligini oshirish Strategiyaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:

- budjet intizomini ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirish;

- o‘rta muddatli budjetlashtirishda strategik ustuvorlikni ta’minlash;

- davlat xarajatlari va investitsiyalarining samaradorligi hamda natijadorligini oshirish.

Strategiyani amalga oshirish davri 2025 yildan 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlar doirasida 16 ta maqsad belgilab olingan.

Shuningdek, mazkur maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishni ta’minlovchi vazifalar va amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Mavzuga oid