Onlayn sotuvchi iste’molchiga tovarni muddatida yetkazmasa penya to‘lashi joriy qilinadi
Qonunchilikka sotuvchi iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda tovarni topshirmagan taqdirda, majburiyatni bajarilmagan qismiga penya to‘lashi haqidagi me’yor kiritiladi.

Foto: Getty images
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, sotuvchilarning fuqarolarga tovarlarni kelishilgan muddatda yetkazib bermayotgani bilan bog‘liq murojaatlar tobora ko‘paymoqda. Bunga amaldagi qonunlarda javobgarlik belgilanmagani ham sabab bo‘lmoqda.
Shunday holatlarning oldini olish maqsadida «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritiladi. Ya’ni, sotuvchi iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda tovarni topshirmagan taqdirda, majburiyatni bajarilmagan qismiga penya to‘lashi belgilanadi. Bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovar bahosining 100 foizidan oshib ketmasligi, penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmasligi nazarda tutiladi.
Munozaralar davomida fraksiya a’zolari iste’molchilar manfaatlaridan kelib chiqib, qonun loyihasini yanada takomillashtirish va maromiga yetkazish bo‘yicha bir qator takliflar berdi. Deputatlar loyihaning qabul qilinishi aholining iste’molchi sifatida qonuniy manfaatlarini himoya qilish va oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotuvchi shartlashilgan muddatlarda tovarlarni iste’molchiga topshirmasligi kabi holatlarning oldini olishga xizmat qilishini qayd etib, qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, uni ma’qulladilar.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi
Jahon | 19:23
-
IWTC 2025: UZTELECOM raqamli transformatsiya yutuqlarini namoyish etmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Xitoylik ayol 6 marta ishxonadan bir daqiqa erta ketgani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 18:42
-
Shavkat Mirziyoyev Chorvoqdagi xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 18:09
Mavzuga oid

13:05 / 10.09.2020
«O‘zkomnazorat» onlayn savdodagi firibgarlik holatlari haqida ogohlantirdi

15:42 / 23.06.2020
Karantin davrida kichik biznes korxonalari to‘lashi kerak bo‘lgan 4,6 mlrd so‘m penya va jarimalardan voz kechildi

10:50 / 13.06.2019
Qarshiliklar og‘zida bir gap: «Qarzim yo‘q, ammo falon so‘m penya chiqibdi, to‘lamasa bo‘lmasmish...»

15:25 / 23.05.2019