Jamiyat | 19:00 / 14.04.2025
1203
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

IWTC 2025: UZTELECOM raqamli transformatsiya yutuqlarini namoyish etmoqda

2025 yilning 14-15 aprel kunlari Toshkentda raqamli texnologiyalar sohasidagi yilning eng muhim tadbirlaridan biri – Xalqaro ulgurji telekommunikatsiya kongressi (IWTC) bo‘lib o‘tmoqda. O‘nlab mamlakatlardan telekommunikatsiya bozorining yetakchi vakillari ishtirok etayotgan Kongress ikkinchi bor O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda va uni tashkil etishda yana mamlakatning yirik operatori hamda O‘zbekistondagi raqamli o‘zgarishlar harakatlantiruvchisi bo‘lgan UZTELECOM asosiy vazifani bajarmoqda.

Foto: Uztelecom

UZTELECOM uchun IWTC shunchaki nufuzli tadbir emas. Bu Kompaniya o‘zining keng qamrovli strategiyasini tasdiqlash, xalqaro hamjamiyatga texnologik yechimlarni namoyish etish va sohaning mintaqaviy dasturini shakllantirish uchun muhim platforma hisoblanadi.

Kompaniya nafaqat IWTC’ning asosiy hamkori va tashkilotchisi, balki barcha muhokamalar, panel sessiyalari va B2B uchrashuvlarining faol ishtirokchisi sifatida qatnashmoqda. Kongressning diqqat markazi UZTELECOMning barqaror o‘sishi va u yetakchilik ko‘rsatayotgan yo‘nalishlar – innovatsion xizmatlar, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va kiberxavfsizlik masalalariga qaratilgan.

Kongress dasturida MDH davlatlari aloqa ma’muriyatlarining elektr va pochta aloqasi sohasidagi hamkorligini muvofiqlashtiruvchi xalqaro tashkilot – Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik (ASMH) majlisi alohida o‘rin egallaydi. UZTELECOM ASMH’ning faoliyatida faol ishtirok etib, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan strategik tashabbuslarni muhokama qilish va amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Kompaniya avvalroq ham bir qator nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan bo‘lib, bu uning muvaffaqiyatli faoliyati va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini tasdiqlaydi: “GCCM Berlin 2022”da Kompaniya "MDHning eng tez rivojlanayotgan mintaqaviy operatori" deb tan olingan, 2023 yilda esa "2023 yilda MDH mamlakatlari ichida eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator" mukofotiga ega bo‘lgan. Bunday e’tiroflar raqamli o‘zgarishlar, hamkorliklarni mustahkamlash va yangi bozorlarga kirib borish bo‘yicha tizimli ishlar natijasi hisoblanadi.

– UZTELECOM telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va xizmatlar sifatini yaxshilash orqali raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oshirmoqda. Kompaniya 2024 yilda 70 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalarini qurib, aholi punktlarining 96 foizini qamrab oldi. Shuningdek, viloyat markazlarida 5G texnologiyasi joriy etildi, bu esa O‘zbekistonni MDHda birinchi bo‘lib to‘liq 5G qamroviga ega bo‘lgan mamlakatga aylantirdi. IWTC 2025’da ishtirok etish Kompaniyaning yutuqlarini namoyish etish, hamkorliklarni mustahkamlash va jahon operatorlari bilan tajriba almashish imkonini beradi, – dedi “O‘zbektelekom” AK boshqaruvi raisining tijorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Javlon Islomov.

IWTC 2025’da ishtirok etish UZTELECOM’ning mintaqada telekommunikatsiya sohasida yetakchi sifatidagi o‘rnini mustahkamlashda yana bir qadam hisoblanadi. Kompaniya texnologiyalarni faol ravishda rivojlantirib, jahon tendensiyalari bilan hamnafas tarzda olg‘a intilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Telegram | Instagram | Web sahifa | Telegram Bot

MyUztelecom mobil ilovasi: AppStore | GooglePlay

Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi | Call - markaz: 1099

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid