Namanganda maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib minib YTH sodir etdi
9-sinf o‘quvchisi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘l chetidagi yo‘l belgisiga urilib, teskari o‘girilib qolgan.

Foto: Videodan kadr
Namangan shahrida maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib minib yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 2 noyabr kuni soat 10:00 larda sodir bo‘lgan. Namangan shahar Davlatobod tumanidagi xususiy maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi Gentra mashinasini ijaraga olib katta tezlikda boshqargan.
Oqibatda, mashina boshqaruvni yo‘qotib aylanib ketgan va yo‘l chetiga o‘rnatilgan yo‘l belgisiga borib urilgan.
Dastlab o‘quvchi avvaliga mashina akasiga tegishli ekanini aytgan. Biroq surishtiruvlar davomida mashina boshqa shaxsga tegishli ekani, uni ikki soatga 150 ming so‘mga ijaraga olgani aniqlangan.
Mashinada o‘quvchi sinfdoshi bilan bo‘lgan. Hodisada baxtli tasodif tufayli hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan.
Avvalroq, 2 oktyabr kuni Namanganda 5 nafar o‘quvchi Gentra mashinasini ijaraga olib boshqarayotib YTH sodir etgandi. O‘shanda ularning bir nafari voqea joyida, yana ikki nafari shifoxonada vafot etgandi.
Mavzuga oid

07:40
Namanganda 4-sinf o‘quvchisi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi

18:20 / 11.04.2025
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi

16:14 / 11.04.2025
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”

11:36 / 11.04.2025