Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
Sigir farzandini qutqarishga kelgan onaga ham hujum qilib, unga jarohat yetkazgan. Tajovuzkor sigirni ajratish uchun ko‘pchilik bo‘lib harakat qilishga to‘g‘ri kelgan. Yuragi bo‘shlarga videoni ko‘rish tavsiya etilmaydi.

Foto: Kun.uz
Yangiqo‘rg‘on tumanining Barkamol mahallasida sigir yosh bolalarga hujum qildi. Voqea shu atrofdagi kuzatuv kameralariga yozilib qolgan.
Kun.uz’ga kelib tushgan videolavhada ko‘rinishicha, holat 2025 yil 16 iyul kuni soat 18:45 lar atrofida sodir bo‘lgan. 4-5 chog‘li bola uy oldida o‘ynab o‘tirgan. Shu payt hovli oldida sigir paydo bo‘lgan. U o‘tib keta turib, kutilmaganda bolalardan biriga hujum qilgan.
Sigir avvaliga bolani ikki bor suzgan. So‘ngra uni bosib o‘tgan. Sigir farzandini qutqarish uchun uydan yugurib chiqqan ayolga ham hujum qilgan. Tajovuzkor sigirni ajratish uchun ko‘pchilik bo‘lib harakat qilishga to‘g‘ri kelgan.
Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy axborot berdi. Unga ko‘ra, joriy yil 16 iyul kuni Yangiqo‘rg‘on tumanining Barkamol mahallasida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro A.O. o‘ziga tegishli bo‘lgan qoramollarni boshqa hududdagi yer uchastkasidan yashash uyiga olib kelayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda sigir yashash uyi oldida o‘ynab yurgan 2023 yilda tug‘ilgan X.R. va uni himoya qilmoqchi bo‘lgan onasi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro A.D.larni suzib, tan jarohati yetkazgan.
Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sud tibbiy ekspertizasining xulosasida fuqaro A.D.ga o‘rtacha og‘ir va voyaga yetmagan R.X.ga yengil tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchilarga 18 iyul kuni yashash uyiga ruxsat berilgan. Ona va qiz yashash uyida ambulator sharoitda davolanmoqda.
Hozirda holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 110-moddasi (Hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish) 2-qismiga ko‘ra, aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish fuqarolarning sog‘lig‘iga zarar yetishiga olib kelsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanadi. Ya’ni oqibati har qancha jiddiy bo‘lmasin hayvon egasi jarima bilan qutulib qoladi.
Jinoyat kodeksida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish uchun javobgarlik bor. Biroq hayvonlarning (shu jumladan uy hayvonlarining) odamlarga nisbatan shafqatsizligi uchun ularning egalariga nisbatan hech qanday jazo yo‘q.
Mavzuga oid

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

14:24 / 14.07.2025