O‘zbekiston | 18:33 / 22.07.2025
3043
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent hokimi ko‘cha va yo‘llarga panjara o‘rnatish uchun qariyb 7 mlrd so‘m ajratdi

Panjaralar «harakat xavfsizligini ta’minlash va piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish» maqsadida o‘rnatiladi.

Foto: Getty images

Toshkent shahri hokimligi ko‘chalar va yo‘llarda piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida temir panjaralar o‘rnatish uchun 6,9 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratadi. Shahar hokimi Shavkat Umrzoqov shu mazmundagi qarorni imzoladi.

Qarorda aytilishicha, Toshkent shahri ko‘cha va yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash va piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida temir panjaralar o‘rnatish uchun 6 mlrd 912,5 mln so‘m mablag‘ Toshkent shahri rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.

Loyiha buyurtmachisi sifatida «Toshkent shahar hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi belgilangan. Kompaniya obektni loyihalash va ta’mirlash bo‘yicha bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarni belgilaydi hamda zarur ruxsatnomalarni «Yagona darcha» tamoyili asosida rasmiylashtiradi.

20 may kuni Toshkent shahri hokimi shu maqsadda 1 mlrd 460 mln so‘m ajratish haqida qaror imzolagan edi. Unda 588 mln so‘mga qavariq piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga o‘tkazilishi belgilangandi.

Mavzuga oid