Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi
Ohangaron tumanida yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli patrul avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr
Bugun, 23 iyul kuni soat tahminan 05:00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 39-kilometrida 1969 va 1992 yillarda tug‘ilgan haydovchilar boshqaruvidagi Gentra va Cobalt rusumli transport vositalari ishtirokida insonlar jarohat olishiga sabab bo‘lmagan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyga Lacetti rusumli xizmat avtomobilida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yetib borgan va yo‘l-transport hodisasini rasmiylashtirish va ushbu joyda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida patrul avtomobili mayoqchalarini yoqqan holda qatnov qismining o‘ng bo‘lagiga joylashtirgan.
Shundan so‘ng, 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi R.A. HOWO rusumli yuk avtomobilini Toshkent-Olmaliq yo‘nalishida boshqarib kelib, tajribasizligi hamda e’tiborsizligi natijasida Lacetti rusumli patrul avtomobili yon qismiga borib urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ushbu holatda harakat ishtirokchilari sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Ikkala yo‘l-transport hodisalari yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:33 / 22.07.2025
Toshkent hokimi ko‘cha va yo‘llarga panjara o‘rnatish uchun qariyb 7 mlrd so‘m ajratdi

12:14 / 22.07.2025
Farg‘ona viloyatida "Nexia-3" jarlikka ag‘darilib ketdi, 18 yoshli bola halok bo‘ldi

11:14 / 22.07.2025
Toshkentda Lacetti bilan to‘qnashgan Tracker piyodani urib ketdi

11:58 / 18.07.2025