Yakkasaroyda zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi va Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi
Gastronomik turizm ko‘chasida velosipedlar uchun uzunligi 1,6 km maxsus yo‘lak, 40 dona zamonaviy o‘rindiq, imkoniyati cheklangan insonlar uchun 10 ta joyda maxsus panduslar o‘rnatiladi.

Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi
Yakkasaroy tumanidagi «Pushkin» xiyoboni hududida zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, taqdimotda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova «Pushkin» xiyobonida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida bog‘ hududi zamonaviy dizayenda bo‘lishi haqida ma’lumot berib o‘tgan.
Shuningdek, Koch Construction qurilish kompaniyasi mas’uli Bahri Saka uchrashuv ishtirokchilariga bog‘ hududida olib boriladigan ishlarning loyihasi bilan tanishtirib o‘tgan.
Bundan tashqari, Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasini 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi, gastronomik turizm ko‘chasiga aylantirish loyihasi to‘g‘risida ham ma’lumotlar berib o‘tilgan.
Xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrif buyuradigan tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan savdo, ko‘ngilochar, gastronomik va turizm ko‘chasiga aylantirish, ushbu ko‘chadagi mavjud bino va inshootlarni zamonaviy qiyofaga keltirish, jumladan, qurilish-ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va hududni obodonlashtirish haqida tanishtirilgan.
Ma’lumot uchun, gastronomik turizm ko‘chasida velosipedlar uchun uzunligi 1,6 kilometr maxsus yo‘lak, 40 dona zamonaviy o‘rindiq, imkoniyati cheklangan insonlar uchun 10 ta joyda maxsus panduslar o‘rnatiladi. Shu bilan birga, 1,5 kilometr maydonda yashil hudud barpo etiladi, avtobuslar uchun mavjud 6 ta bekat to‘liq zamonaviy rekonstruksiya qilinadi. Hududda hojatxonalar tashkil etiladi. Shuningdek, hududdagi kesib o‘tuvchi yer osti yo‘laklarga imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun 4 dona pandus qoyiladi va 2 ta chorraxadagi yer osti yo‘laklari rekonstruksiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

23:57 / 17.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi

13:46 / 17.03.2025
Toshkentda tanishini himoya qilishga uringan shaxs kuchli zarbadan so‘ng komaga tushib qoldi

19:57 / 17.02.2025
Toshkentning Glinka ko‘chasida ko‘p qavatli biznes markazi qurilishi mumkin

16:44 / 12.01.2025