Toshkentda Cobalt yonib ketdi
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Faqat mashina jiddiy shikastlangan.

Foto: IIBB YHXB
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Cobalt mashinasi yonib ketdi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugun, 12 yanvar kuni soat 09:50 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida Cobalt mashinasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Faqat mashina jiddiy shikastlangan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
“Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

10:24 / 01.05.2025
Toshkentda yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu oxirgi haftadagi uchinchi yirik yong‘in

09:07 / 01.05.2025
Toshkentda Lixiang va Cobalt to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi

23:57 / 17.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi

13:46 / 17.03.2025