Mayning ferma tashkil etgan fuqaro davlatga 938 mln so‘m zarar yetkazdi
Namangan tumanida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Elatan” MFY hududidagi xonadonda yashovchi A.Q. o‘z uyida 4 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 938,2 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

17:17 / 22.05.2025