FIFA reytingi: O‘zbekiston milliy jamoasi yilni 84-o‘rinda yakunladi
FIFA rasmiy sayti 2021 yil yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi.

Foto: Tribuna.uz
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi bu safar ham 1274 ochko bilan 84-o‘rinda qolgan. Milliy jamoamiz yozda JCh-2022 3-saralash bosqichiga chiqa olmagach, bir pog‘ona pastlab 83-o‘rindan 84-pog‘onaga tushgan edi.
Srechko Katanets qo‘l ostida so‘nggi uch oyda 4ta o‘yinda 3 mag‘lubiyat (Shvetsiya 1:2, Iordaniya 0:3, Gruziya 0:1) va bir g‘alaba (Malayziya 5:1) qayd etilishiga qaramay, O‘zbekiston reytingda o‘z o‘rnini saqlab qoldi.
Osiyo mamlakatlari orasida eng katta o‘sish Qatarda kuzatildi. JCh-2022 mezboni bir oydayoq 51-o‘rindan 48-pog‘onaga ko‘tarilib, qit’ada to‘rtinchi jamoaga aylandi. Eron peshqadam (21-o‘rin) bo‘lsa, keyingi o‘rinlardan Yaponiya (26), Janubiy Koreya (33), Avstraliya (35), Qatar (48), Saudiya Arabistoni (51), BAA (69), Xitoy (74), Iroq (75), Ummon (79) va O‘zbekiston (84) qit’ada 11-o‘rinda bormoqda. Bizdan keyin reytingda Osiyodan Suriya (86), Iordaniya (90), Bahrayn (91), va Livan (95) joy olgan.
Jahon reytingida hali hamon Belgiya peshqadam – 1-o‘rin. Braziliya va Fransiya uchlikdan joy olgan bo‘lsa, Angliya, Argentina, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya va Niderlandiya milliy jamoalari o‘nlikdan joy olgan.
Avvalroq, O‘FA O‘zbekiston milliy jamoasi 2022 yilning 21 yanvar kuni Tokioda Yaponiyaga qarshi, 1 fevral kuni esa Dubayda Yangi Zelandiya milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida xabar bergan edi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:51
-
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi
Jahon | 09:50
-
Toshkentda O‘rta transport yo‘lagi istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston | 09:33
-
Malayziya O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish loyihalariga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston | 09:13
Mavzuga oid

18:22 / 03.04.2025
O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

11:42 / 21.03.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

18:20 / 31.12.2024