O‘zbekiston | 07:34 / 09.05.2021
2775
2 daqiqa o‘qiladi

Murat Kamalov qorao‘zaklik urush faxriysi xonadonida bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Murat Kamalov Qorao‘zak tumanida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Genjyemurat ota Allaniyazovning oilasida bo‘lib, bayram sovg‘alarini topshirdi. 

Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmatining yozishicha, Murat Kamalov urush faxriysini 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami bilan tabriklab prezident bayram tabrigini o‘qib eshittirgan.

Prezident «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmoni asosida Genjyemurat Allaniyazovga 12 million so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofoti berildi. 

Qo‘shimcha qilinishicha, urush qatnashchisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi mudofaa ishlari boshqarmasi, Qorao‘zak tumani hokimligi nomidan sovg‘alar topshirilgan. 

Ma'lumot uchun, hozir kunda Qoraqalpog‘istonda 6 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va 380 nafar front orti mehnat faxriylari istiqomat qilmoqda.

Mavzuga oid