Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi
Angliyaning Birminghem shahrida chiqindi yig‘uvchilar bir oydan beri ish tashlash o‘tkazmoqda. Ko‘chalarda chiqindi yig‘ilib, kalamushlar paydo bo‘ldi. Inqirozdan chiqish uchun hukumat Britaniya armiyasidan mutaxassislarni jalb qildi.

Foto: Jacob King/empics/PA wire/picture alliance
Buyuk Britaniya bosh vaziri o‘rinbosari Anjyela Reyner Britaniya armiyasi mutaxassislarini Birminghemdagi inqirozni yengishda yordam berishga chaqirdi, u yerda chiqindilarni yig‘uvchilar bir oydan ortiq vaqt davomida o‘tkazmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi 14 aprel, dushanba kuni manbalarga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, harbiylar ko‘chalardagi chiqindilarni tozalamaydi, balki ofisdan turib ishlaydi. «Tezkor rejalashtirish tajribasiga ega bo‘lgan oz sonli harbiy xizmatchilar inqirozdan chiqish uchun moddiy-texnik yordam ko‘rsatadi», — deb yozadi gazeta.
Uning eslatishicha, britaniyalik harbiylar avval ham bir necha bor favqulodda vaziyatlarda fuqarolik organlariga yordam ko‘rsatishga chaqirilgan. Masalan, bu pandemiya davrida sodir bo‘ldi.
Bu safar harbiylar «mahalliy hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligiga davom etayotgan tahdidga imkon qadar tezroq reaksiya bildirishni ta’minlash uchun qisqa, cheklangan muddatga» joylashtiriladi.
Birminghemdagi ish tashlash 11 mart kuni boshlangan edi. O‘shandan beri shahar ko‘chalarida 17 ming tonnadan ortiq chiqindi to‘planib qolgan. Aholi kalamushlar paydo bo‘lganidan shikoyat qilmoqda.
Kasaba uyushmalari yetakchilari ayni paytda shaharni ham, mamlakatni ham boshqarayotgan Buyuk Britaniyaning Leyboristlar partiyasini murosaga kelishni istamaganlikda ayblamoqda.
Mavzuga oid

09:13
Malayziya O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish loyihalariga qiziqish bildirmoqda

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

09:41 / 26.03.2025