Hindistonda shifokorlar ish tashlash e'lon qilishdi
Hindiston shifokorlari maoshlari to‘lanmayotgani sababli 23 oktyabrdan muddatsiz ish tashlash e'lon qilishdi. Hindiston shifokorlar milliy uyushmasi ularni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Foto: Reuters
Anadolu axborot agentligining xabar berishicha, uyushma mamlakat bosh vaziri Narendra Modiga koronavirusga chalinganlarni davolashda ishtirok etayotgan tibbiy xodimlarga kompensatsiyalar to‘lanishi talabi bilan ochiq maktub yo‘llagan.
“Ushbu epidemiya vaqtida qahramonlar va jasur jangchilar kabi ko‘klarga ko‘tarilgan shifokorlar bunday og‘ir vaqtda hattoki maoshidan ham mahrum bo‘lganini ko‘rish ayanchli”, – deb yozilgan maktubda.
Uyushma fikricha, bunday holat shifokorlar uchun juda haqoratli hisoblanadi.
Hindiston hozirda koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan davlatlar qatoriga kiradi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 8 mlnga yetgan, so‘nggi sutkada kasallanish holatlari soni 43 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan.
Mavzuga oid

16:11 / 17.04.2025
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin

09:55 / 17.04.2025
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda

08:32 / 17.04.2025
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

19:23 / 14.04.2025