Sport | 21:35 / 15.07.2025
2527
2 daqiqa o‘qiladi

114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

Dunyodagi eng keksa marafonchi 114 yoshida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi.

Foto: AP

Dunyodagi eng keksa marafonchi deb atalgan 114 yoshli hind millatiga mansub britaniyalik Fauj Singxni mashina urib yubordi. Baxtsiz hodisa uning tug‘ilib o‘sgan Panjob shtatidagi Beas Pind qishlog‘ida sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Hindustan Times gazetasi.

Gazetaning yozishicha, Singx yo‘lni kesib o‘tayotganda mashina urib yuborgan. Mahalliy aholi uni xususiy shifoxonaga olib borgan, ammo u yerda joni uzilgan. Xabar qilinishicha, politsiya haydovchining shaxsini aniqlash ustida ishlamoqda.

Singx 1911 yilda Hindistonda tug‘ilgan. Uning tarjimai holida qayd etilishicha, 5 yoshiga qadar yura olmagan. Singx 1989 yilda rafiqasi va o‘g‘lidan ayrilgani sababli ruhiy tushkunlikni yengish uchun yugurishni boshlagan.

U birinchi marafonini 89 yoshga to‘lishidan bir oy oldin o‘tkazdi. Umumiy hisobda 42 kilometrlik to‘qqizta poygani bosib o‘tdi. Singx 100 yoshga to‘lganidan keyin ham marafonlarda qatnashishdan to‘xtamagan edi.

Mavzuga oid