O‘zbekiston | 22:49 / 24.10.2018
2059
2 daqiqa o‘qiladi

Muvofiqlashtiruvchi kengashning reklama bo‘yicha yubiley yig‘ilishi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

25-26 oktabr kunlari Toshkent shahrida Davlatlararo monopoliyaga qarshi siyosat kengashi (DMSK) qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning XX reklama bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda DMSK a'zolari, Ozarboyjon, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova mamlakatlari vakillari hamda reklama sohasining yetakchi ekspertlari ishtirok etadi. 

Tadbir doirasida "Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar: yoshlarning ta'lim olishiga e'tibor" xalqaro forumining plenar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishiga tashrif buyurgan mamlakatlar vakillari ishtirokida "Tashqi reklamani joylashtirishni tartibga solishga oid dolzarb masalalar" mavzuida muhokamalar doirasi o‘tkaziladi. 

Bundan tashqari, marketing va reklama sohasining yirik mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o‘tkazilishi kutilmoqda. 2017-2018 yilning jahon miqyosidagi eng yaxshi reklama roliklari namoyish etiladi. 

"Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar: yoshlarning ta'lim olishiga e'tibor" xalqaro forumining plenar sessiyasi 25 oktabr kuni (10:00-17:00) Vestminster universitetida bo‘lib o‘tadi. 

Davlatlararo monopoliyaga qarshi siyosat kengashi (DMSK) qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning XX reklama bo‘yicha yig‘ilishi 25 oktabrda (14:00-18:00) International Hotel Tashkent'da o‘tkaziladi. 

26 oktabr kuni esa "Tashqi reklamani joylashtirishni tartibga solishga oid dolzarb masalalar" mavzuida muhokamalar doirasi kutilmoqda. 

Mavzuga oid