Rektorlar poraxo‘rlikka qarshi! O‘zbekiston tarixida ilk bor oliy ta'lim muassasalari rahbarlari murojaatnoma yo‘lladi
O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaat yo‘lladi. Murojaat matni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.
Rektorlar murojaatda ta'lim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, unga ilg‘or innovatsion g‘oyalarni olib kirish, yoshlarning iste'dodlarini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berish hamda poraxo‘rlik va tamagirlikning oldini olishga va'da berishgan.
«Har ishda halol va vijdonan yo‘l tutish, oliy ta'lim muassasalarini haqiqiy ma'nodagi ma'rifat va halollik maskaniga aylantirish, shuningdek, bu yilgi qabul jarayonlarini shaffof, adolatli va halol o‘tkazishga va'da beramiz. Bugun o‘zingiz uchun kasb tanlab, o‘qishga kirishga ahd qildingizmi, o‘z bilimingizga, aql-zakovatingizga va sizlarga shu sharoitlarni yaratib bergan Prezident ishonchiga munosib bo‘ling va munosib ish qiling. Kirish imtihonlariga, test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rib, bu imtihonlardan o‘z bilimingiz bilan o‘tishga bel bog‘lang», - deyiladi jumladan murojaatda.
Shuningdek, murojaatda «Korrupsiya to‘g‘risida»gi Qonunning tegishli bandlariga ko‘ra pora bergan ham, pora olgan ham qonun oldida teng javobgar sanalishi va muqarrar jazoga tortilishi eslatib o‘tiladi.
«Farzandingizga yordam beraman desangiz, noo‘rin va pinhona xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymang! Bu yo‘ldagi nojo‘ya qadam bilingki, kun o‘tib bir kun bolangiz kelajagi uchun qattiq zarba bo‘lishi mumkin. Bir haqiqatni unutmang! Pora bilan o‘qishga kirgan inson, butun hayoti davomida shu pulni qaytarib ishlab olish harakatida bo‘ladi. U o‘qituvchimi yoki shifokor, mas'ul mutasaddimi yoki oddiy ishchi qat'i nazar oldiga kelgan har bir insonga «tovar» sifatida qaraydi va undan doimo tama qiladi. Tama bilan sug‘oriladigan qalbda esa yaxshilik urug‘i unmaydi. Tama va pora zanjirini qabul jarayonlaridayoq uzaylik! Toki u boshqa nish urmasin! Farzandlarimiz qo‘lida zanjir bo‘lib, ularni panjara ortiga boshlamasin!», deyiladi ota-onalarga qarata.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31 / 15.04.2025
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21 / 15.04.2025
-
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi
Jahon | 22:43 / 15.04.2025
-
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?
Jahon | 21:53 / 15.04.2025
Mavzuga oid

12:36 / 26.03.2025
Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

19:45 / 05.11.2024
Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari 1 mln dollar bilan ushlandi

22:29 / 03.10.2024
Janubiy Koreya prezidenti rafiqasidan poraxo‘rlik ayblovi olib tashlandi

16:35 / 15.04.2024