Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
DolphinGemma nomini olgan model sodda tovushli «lug‘at» yaratishga yordam beradi - uning yordamida delfinlar bilan til topishish mumkin.

Foto: DolphinGemma
Google kompaniyasi odamlarga real vaqt rejimida delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beradigan texnologiyani taqdim etdi. DolphinGemma nomini olgan ixtiro sun’iy intellekt asosida ishlaydi.
Delfinlar sayyoradagi eng aqlli jonzotlardan hisoblanadi. Yovvoyi delfinlarni o‘rganish loyihasi tadqiqotchilari uzoq yillardan beri ularning murakkab ijtimoiy aloqalari ustida ish olib boradi. Bu vaqt davomida mutaxassislar Bagam orollari yaqinidagi Atlantika delfinlari to‘dasining ko‘plab audio va videolarini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng, tadqiqotchilar tovushlarni delfinlarning xatti-harakatlariga moslab chiqqan.
Tadqiqotchilar inson va delfin o‘rtasida muloqot o‘rnatish mumkin deb hisoblab kelgan, ammo yaqin vaqtgacha dengiz sutemizuvchilariga xos murakkab tovush va impuslarni tushunishga qodir texnologiyalar mavjud emas edi. Sun’iy intellekt paydo bo‘lishi bilan esa barchasi o‘zgardi: DolphinGemma modeli sodda tovushli «lug‘at» yaratishga yordam beradi — uning yordamida delfinlar bilan til topishish mumkin.
Yangi texnologiya bir-biri bilan muloqot qiladigan delfinlarning tovushlarini tushunish imkonini beradi. Uning asosini til modeli (LLM) tashkil etadi — Google bundan Gemini tizimida ham foydalanadi. DolphinGemma modelining hajmi 400 millionga yaqin parametrdan iborat bo‘lib, u xuddi ChatGPT singari ishlaydi: audiosignallarni oladi, ularni tahlil qiladi va keyingi tovush qaysi bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Tajribaning birinchi bosqichida delfinlarni ma’lum tovushlar orqali sevimli obektlar bilan bog‘lashga o‘rgatish rejalashtirilgan. Olimlar vaqt o‘tishi bilan delfinlar ushbu sun’iy signallardan o‘yin o‘ynash yoki odam bilan muloqot qilishni istaganida foydalanishiga umid qilmoqda.
Mavzuga oid

17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

21:35 / 11.04.2025
Google eng kuchli sun’iy intellekt protsessorini taqdim etdi

18:15 / 02.04.2025
Google bolalarga uy vazifalarida yordam beradigan sun’iy intellektini taqdim etadi

22:44 / 31.03.2025