Mushtumzo‘r hokim uzr so‘radi, lekin u bu bilan qutulmaydi

12 sentabr kuni Kun.uz saytida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev mahalliy maktablar direktorlarini kaltaklagani tasvirlangan video namoyish etilgach, viloyati hokimligi mutasaddilari bu vaziyatni chuqur o‘rganishga kirishdi.
Kun.uz manbasi ma'lumot berishicha, 12 sentabr oqshomida viloyat hokimi G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev Sayxunobod tumaniga kelib, yig‘ilish o‘tkazgan. Unda tuman hokimi hamda maktablarning direktorlari ham ishtirok etgan, Nosirjon Egamberdiyev o‘qituvchilardan uzr so‘ragan.
Yig‘ilishda ushbu vaziyat yuzasidan hali tegishli chora ko‘rilishi, u uzr so‘rash bilan qutula olmasligi qayd etib o‘tilgan.
«Hokimning ishi paxta terimi mavsumidan keyin ko‘rib chiqiladi. Uning ishda qolishi masalasi taqdiri yuqoridan keladigan ko‘rsatmaga bog‘liq», degan manba.
Nosirjon Egamberdiyev Sayxunobod tumaniga 2016 yilning oktabrida hokim etib tayinlangandi. U bungacha Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Manbaning aytishicha, u avvaldan qattiqqo‘lligi bilan ma'lum bo‘lgan. Maktab direktorlari unga qarshilik ko‘rsatmagani sababi ham shu: u o‘ziga qarshi chiqqanlardan qasos olgan. U aloqalari orqali o‘ziga qarshi chiqqanlarga turli javobgarliklar yuklagan, «uning qasosidan yoki o‘lib, yoki xorijga ketib» qutulish mumkin bo‘lgan.
Bundan oldinroq Prokuratura tuman hokimi maktab direktorlarini kaltaklagani bilan bog‘liq vaziyatni tekshirishni boshlagani ma'lum qilingandi.
«Kun.uz» yuridik maslahatchisi hokim o‘z vakolatlari doirasidan chetga chiqib, mushtumzo‘rlik qilishi qonunan qanday oqibatlarga ega ekani haqida ma'lumot bergandi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

15:56 / 26.03.2025
Sirdaryoda stadionda odamlar ustiga haydalgan Captiva auksionda sotilib, puli davlat hisobiga o‘tkazildi

10:43 / 25.09.2024
Sirdaryoda odamlar ustiga Captiva haydagan erkak qamaldi. Uning mashinasi esa musodara qilingan

15:07 / 09.06.2024
Sirdaryoda somon ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

15:19 / 07.04.2024