Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
So‘nggi bir yildan oshiq vaqt davomida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Elyor Tolliyev ishdan ketgan. Uning o‘rnini Soliq qo‘mitasidagi departament direktori Farrux Boboyev egalladi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi
O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan Farrux Mansurovich Boboyev Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Farrux Boboyev bugunga qadar Soliq qo‘mitasida Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Viloyat soliq boshqarmasiga 2024 yil aprelidan buyon Elyor Tolliyev rahbar edi. Uning keyingi faoliyati haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Mavzuga oid

19:08 / 05.08.2025
Samarqand viloyati hokimiga 4 nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:02 / 05.08.2025
Urgut tumaniga prokuror hokimlik qiladi

00:58 / 02.08.2025
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi

14:54 / 01.08.2025