O‘zbekiston | 00:58
8059
2 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi

Departamentga 2023 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Shamsiddin Sohibnazarov ishdan ketgan. Uning o‘rnini Jahongir Hotamov egalladi. U faoliyati davomida Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlariga prokurorlik qilgan, ikki yildan buyon bosh prokuror o‘rinbosari edi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Jahongir Jo‘rayevich Hotamov bosh prokuror o‘rinbosari – Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Hotamov 20162017 yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 20172018 yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2018 yil fevralidan 2020 yil oktyabriga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlagan. 

20202022 yillarda Namangan viloyati prokurori lavozimida faoliyat olib borgan. 2022 yil fevralidan 2023 yil avgustiga qadar Samarqand viloyatiga prokurorlik qilgan.

So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga 2023 yil oktyabridan buyon Shamsiddin Sohibnazarov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Shamsiddin Sohibnazarov

2024 yil yanvarida mazkur departament faoliyati kuchaytirilib, uning rahbari bir vaqtning o‘zida bosh prokuror o‘rinbosariga aylangandi. 2024 yil aprelida esa Sohibnazarov ishdan olingani haqida xabar paydo bo‘lgandi, ammo bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagandi.

Bundan oldinroq mazkur departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Inoyat Shukurov hamda departamentning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Ro‘zmatov lavozimidan ozod qilingani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid