Jamiyat | 12:53 / 30.07.2025
922
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumanida mebel korxonasi 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Foto: Hududgazta’minot

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz ta’minoti bo‘limi va O‘zenergoinspeksiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan mana shunday tadbirlarda “zangori yoqilg‘i”dan foydalanishda qoidabuzarlik sodir etganlar aniqlandi.

Toshkent tumanida joylashgan “I. S. S.” MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish korxonasida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, iste’molchi ta’minot idorasi bilan shartnoma tuzmasdan, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 milliard 134 million so‘mlik zarar aniqlandi.

Yana bir noqonuniy holat tumanning “Chinor” MFYda joylashgan “D.D.A.” YaTTga qarashli ovqatlanish maskanida fosh etildi. Binoda hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat bo‘yicha 137 million so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Yuqoridagi noqonuniy holatlarga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Mavzuga oid