Jamiyat | 13:38 / 28.07.2025
1174
1 daqiqa o‘qiladi

Salkam 4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish ombori aniqlandi

Termiz shahrida 3,9 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan qurilish materiallari ombori aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unda, Termiz shahrida joylashgan «X.Q.M.« MChJga qarashli qurilish materiallari omborida hisoblagichsiz tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 3 milliard 954 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid