O‘zbekiston | 15:11 / 26.07.2025
2010
1 daqiqa o‘qiladi

Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy ko‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 25 iyul kuni soat 10:31 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy ko‘chasi 72-uy oldida daraxtlar yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 10:36 da yetib borib, yong‘in soat 10:42 da o‘chirildi.

Aytilgan manzilda 7 ta archa daraxti yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Mavzuga oid