O‘zbekiston | 21:48 / 24.07.2025
3787
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi

«Xo‘jakent» mahallasi tog‘li hududida taxminan 2 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabbalar yondi.

Foto: Kun.uz

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani tog‘larida yuz bergan yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi.

FVV xabariga ko‘ra, 24 iyul kuni soat 11:16 da «Xo‘jakent» mahallasi tog‘li hududida taxminan 2 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabbalar yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari hodisa joyiga yetib borgan va soat 17:57 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida yetkazilgan zarar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

Avvalroq, Surxon davlat qo‘riqxonasi hududidagi yirik yong‘in 8 soat davomida o‘chirilgan edi.

Mavzuga oid