Jamiyat | 10:02 / 26.07.2025
8800
1 daqiqa o‘qiladi

Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi 

Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 26 iyul kuni soat 01:05 larda Shayxontohur tumani Nurafshon ko‘chasida haydovchi, 2005 yilda tug‘ilgan B.B. "Spark" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va beton ustunga to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Haydovchi YTH oqibatida olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yana 1 nafar yo‘lovchi, 2004 yilda tug‘ilgan A.J.ga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid