Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi
«Men immigratsiya va bojxona politsiyasiga jamoatchilikni himoya qilganidek, o‘zlarini himoya qilish uchun to‘liq vakolat beraman», dedi AQSh prezidenti.

Foto: Anadolu Agency
AQSh prezidenti Donald Tramp Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE)ga zobitlariga hujumga uchragan taqdirda o‘zlarini himoya qilish uchun «to‘liq vakolat» berishini aytdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida toshqindan jabr ko‘rgan Texas shtatiga tashrif buyurganidan keyin yozgan.
Tramp «banditlar» ICE xizmat avtomobillariga tosh otganiga guvoh bo‘lganini aytdi.
«Ushbu yangi mashinalarga katta zarar yetgan», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumga uchragan ICE zobitlari zudlik bilan mashinalaridan chiqib, hujumchilarni qo‘lga olishi kerak.
«Men immigratsiya va bojxona politsiyasiga jamoatchilikni himoya qilganidek, o‘zlarini himoya qilish uchun to‘liq vakolat beraman», dedi Tramp.
Shuningdek, u huquq-tartibot idoralari xodimlariga «hibsga olish va qamoqqa joylashtirish» vakolatlari berilganini ta’kidladi.
Bir kun avval Tramp va uning rafiqasi Melaniya 4 iyul kuni Texasdagi suv toshqinida halok bo‘lganlarning oila a’zolari bilan uchrashib, hamdardlik bildirdi.
Mavzuga oid

15:52
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi

15:14
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC

10:27
Tramp Ukrainaga Patriot komplekslari yetkazib berilishini e’lon qildi

21:29 / 13.07.2025