Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Ukrainaga Patriot komplekslari yetkazib berilishini e’lon qildi
AQSh prezidenti Kiyev Patriot havo mudofaa tizimlarini olishini ma’lum qildi, biroq ularning miqdoriga aniqlik kiritmadi. Donald Tramp tizimlar keyinchalik Ukrainaga yetkazib berish uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan sotib olinishini ta’kidladi.

Foto: U.S. Army/ABACAPRESS/picture alliance
Qo‘shma Shtatlar Patriot havo mudofaa tizimlarini Ukrainaga topshiradi. Bu haqda 13 iyul, yakshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Merilend shtatidagi Endryus qo‘shma bazasida (JBA) ma’lum qildi.
Oq uy rahbari o‘zini Rossiya agressiyasidan himoya qilayotgan mamlakat aniq qancha tizim olishiga aniqlik kiritmadi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina «biroz miqdorda» oladi.
Shu bilan birga, u Vashington ushbu tizimlarni keyinchalik Kiyevga yetkazib berish uchun Yevropa Ittifoqiga sotmoqchi ekanligini tushuntirdi. «Biz uchun bu biznes bo‘ladi. Biz esa ular (ukrainaliklar)ga Patriot jo‘natamiz, ularga zudlik bilan kerak», — deya Trampning jurnalistlarga so‘zlaridan iqtibos keltiradi dpa agentligi. Shuningdek, Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra qaysi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sotish haqida gap ketayotgani noaniq bo‘lib qoldi.
Avvalroq, 10 iyul kuni kechki payt NBC News telekanaliga bergan intervyusida Tramp: «Biz NATOga qurol jo‘natamiz, NATO esa bu qurollar uchun haq to‘laydi, 100 foiz. Yuborilgan qurollar NATOga ketadi, keyin esa NATO bu qurollarni (Ukrainaga) bermoqchi, bu qurollar uchun NATO to‘laydi», deb aytgan edi.
O‘z navbatida, AQSh davlat kotibi Marko Rubio 11 iyul kuni Ukrainaga zarur bo‘lgan AQShda ishlab chiqarilgan qurollarning ayrim turlari AQShning Yevropadagi NATO ittifoqchilarida ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurollar Ukrainaga yuborilishi mumkin, Yevropa davlatlari esa AQShdan ularning o‘rnini bosuvchi qurollarni sotib oladi. «Siz biror narsani zavoddan (AQShda) buyurtma qilish va u yerga yetkazib berishdan ko‘ra, masalan, Germaniyadan Ukrainaga tezroq olib o‘tishingiz mumkin», — deya tushuntirdi Davlat departamenti rahbari Malayziyaga safari chog‘ida.
Mavzuga oid

08:01
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi

21:29 / 13.07.2025
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

19:50 / 13.07.2025
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

16:42 / 13.07.2025