Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
U o‘tgan oyda prezident yordamchisi lavozimidan olinib, maslahatchi bo‘lgandi. Endi esa prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakiliga aylandi. Bu lavozim prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tenglashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Aziz Yuldashevich Mag‘rupov O‘zbekiston prezidentning tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Prezident administratsiyasidagi o‘zgarishlar doirasida u prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga o‘tkazilgan.
Aziz Mag‘rupov faoliyati davomida tashqi ishlar vazirining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha masalatchi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
U muqaddam prezident administratsiyasi sobiq rahbari Sardor Umrzoqovga o‘rinbosar bo‘lgan, 2023 yil avgustida prezident yordamchisi etib tayinlangandi. 2023 iyun oyida esa u prezident yordamchisi lavozimidan olinib, prezidentning tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagandi.
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

18:34 / 14.07.2025
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi

17:52 / 14.07.2025