Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
U shu vaqtgacha prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimida edi.

Foto: Kun.uz
Abdulaziz Hafizovich Komilov O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Abdulaziz Komilov dastlab 1994-2003 yillarda, keyin 2012-2022 yillarda O‘zbekiston TIVni boshqargan. 2003-2010 yillarda O‘zbekistonning AQShdagi elchisi bo‘lgan, 2010-2012 yillarda O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari sifatida ishlagan.
U 2022 yil martida Senat yalpi majlisida O‘zbekistonning Ukrainadagi voqealarga munosabati bo‘yicha savolga javob qaytarib, O‘zbekiston Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini tan olishi, Donbassdagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni tan olmasligini ma’lum qilgan va O‘zbekiston Ukrainada harbiy harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi tarafdori ekanini aytishi ortidan vazirlikni tark etadi. O‘shanda bu uning salomatligidagi muammolar bilan izohlangandi.
O‘sha yil iyuniga kelib u prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

19:26 / 05.08.2025
Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

19:08 / 05.08.2025
Samarqand viloyati hokimiga 4 nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:02 / 05.08.2025
Urgut tumaniga prokuror hokimlik qiladi

00:58 / 02.08.2025