Jahon | 12:54
3081
2 daqiqa o‘qiladi

Tug‘ilish holati bo‘yicha fuqarolik: AQSh Oliy sudi - Tramp tomonida

AQSh Oliy sudi tug‘ilish holati bo‘yicha fuqarolik berish ishida prezident tomonida bo‘lib, Donald Trampning farmoyishini bloklash huquqini chekladi.

Foto: REUTERS

AQSh Oliy sudi tug‘ilish holati bo‘yicha fuqarolik berish ishida AQSh prezidenti Donald Tramp tomonida bo‘lib, quyi sudyalarning Oq uyning milliy miqyosdagi siyosatiga to‘sqinlik qilish imkoniyatini chekladi. Vashingtondagi konservativ sudya Emi Koni Barrett 27 iyun, juma kuni shunday qaror chiqardi.

Oliy sud yakunda konservativ ko‘pchilik ovoz bilan quyi sudlar «Kongress federal sudlarga berilgan vakolatidan chiqib ketgan» degan qarorga keldi, deb xabar beradi AFP.

Bu quyi sudlarning Trampning noqonuniy muhojirlarning farzandlariga fuqarolikni taqiqlash haqidagi buyrug‘ini bloklash vakolatini cheklaydi. Ushbu sudlar o‘z qarorlarini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Shuningdek, qarorda Trampning bu siyosati qonuniyligi ko‘rib chiqilmagan, deb xabar berdi Reuters.

Donald Tramp shaxsan bu lavozimga Barrettni birinchi muddatda tayinlagan edi. Oq uy rahbari unga minnatdorchilik bildirib, Oliy sud «radikal so‘l sudyalar» tomonidan «hokimiyatni suiiste’mol qilish»ga chek qo‘yganini aytdi. «Oliy sud Konstitutsiya, hokimiyatlar bo‘linishi va qonun ustuvorligini himoya qilishda ulkan g‘alabaga erishdi», — dedi Tramp.

Oq uy rahbari 20 yanvardagi inauguratsiyadan so‘ng AQSh fuqaroligini tug‘ilish huquqi bo‘yicha berishni cheklovchi farmonni imzoladi.

Mavzuga oid