Detroytda vertolyotdan pul sochildi
Bu badavlat marhumning so‘nggi istagi ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Videodan kadr
AQSh Detroyt shahrida vertolyotdan odamlar ustiga pul sochildi.
Detroit News xabariga ko‘ra, bu bir kun oldin vafot etgan mahalliy avtoyuvish shoxobchasi egasining so‘nggi istagi bo‘lgan.
«Pul yomg‘iri» paytida yaqin atrofdagi avtomagistral bo‘ylab harakatlanayotgan ko‘plab haydovchilar to‘xtab, piyodalar qatori pullarni ushlab olishga harakat qilgan.
Guvohlarning aytishicha, tartibsizlikka qaramay, vaziyat tinch o‘tgan. Taxminan yarim soatdan keyin voqea joyiga yetib kelgan politsiya yo‘lning bir qismini to‘sib qo‘ygan.
Vertolyotdan qancha miqdorda pul sochilgani ma’lum emas, guvohlar minglab dollar haqida xabar bergan.
Mavzuga oid

17:35 / 28.06.2025
Tramp Eron oliy rahbarini «sharmandali o‘limdan» qutqarganini aytdi

15:19 / 28.06.2025
AQSh elchisi Rossiya bilan Pushkin satrlarini yozib xayrlashdi

14:55 / 28.06.2025
Kongo DR va Ruanda Vashingtonda tinchlik shartnomasini imzoladi

14:52 / 28.06.2025